“TASDIQLANGAN”
Toshkent shahrida Vebster universiteti ta'lim dasturlarini amalga oshirish markazi qoshidagi «American International School of Tashkent» Direktori ___________
_______________
“__” _______ 2026 yil
MAKTABNING ICHKI TARTIB-QOIDALARI
1. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Ichki tartib-qoidalar Maktab hududida, Maktab tomonidan tashkil etiladigan barcha darslar, tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa faoliyatlarda o'quvchilar hamda ota-onalar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan asosiy qoidalarni belgilaydi.
1.2. O'quvchi va ota-ona Maktabga qabul qilingan paytdan boshlab ushbu qoidalarga rioya etishga majburdir.
1.3. Maktab ushbu qoidalarga amaldagi qonunchilik va Maktab faoliyatidan kelib chiqib o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqiga ega.
2. O'quvchining asosiy majburiyatlari
2.1. O'quvchi:
- darslarga o'z vaqtida kelishi;
- Maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi;
- o'qituvchilar, xodimlar va boshqa o'quvchilarga hurmat bilan munosabatda bo'lishi;
- Maktab mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishi;
- xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi;
- akademik halollik tamoyillariga amal qilishi;
- Maktabning qonuniy talablarini bajarishi shart.
3. Ota-onaning majburiyatlari
3.1. Ota-ona:
- ta'lim to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirishi;
- o'quvchining davomatini ta'minlashi;
- Maktabga zarur va ishonchli ma'lumotlarni taqdim etishi;
- aloqa ma'lumotlari o'zgargan taqdirda Maktabni darhol xabardor qilishi;
- farzandining mazkur qoidalarga rioya etishini ta'minlashi;
- Maktab bilan hamkorlik qilishi shart.
4. Davomat
4.1. O'quvchi barcha darslarda muntazam ishtirok etishi shart.
4.2. Dars qoldirilgan taqdirda ota-ona imkon qadar oldindan yoki darhol Maktabni xabardor qilishi lozim.
4.3. Uzrsiz sabablarga ko'ra muntazam dars qoldirish intizomiy choralar qo'llanilishiga sabab bo'lishi mumkin.
5. Maktab formasi va tashqi ko'rinish
5.1. O'quvchilar belgilangan Maktab formasida darslarda ishtirok etishlari shart.
5.2. Tashqi ko'rinish ozoda, saranjom va Maktab talablariga mos bo'lishi lozim.
6. Xulq-atvor qoidalari
6.1. O'quvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
- boshqa shaxsni haqorat qilish;
- bulling yoki kiberbulling;
- jismoniy yoki ruhiy zo'ravonlik;
- Maktab faoliyatiga xalaqit berish;
- yolg'on ma'lumot tarqatish;
- noqonuniy yoki odob-axloqqa zid harakatlar sodir etish.
7. Akademik halollik
7.1. O'quvchilar:
- topshiriqlarni mustaqil bajarishlari;
- plagiatga yo'l qo'ymasliklari;
- imtihonlarda aldamasliklari;
- sun'iy intellekt vositalaridan faqat Maktab ruxsat bergan hollarda foydalanishlari shart.
8. Mobil telefon va elektron qurilmalar
8.1. Mobil telefon va boshqa elektron qurilmalardan faqat Maktab tomonidan ruxsat etilgan hollarda foydalanish mumkin.
8.2. Dars vaqtida telefonlardan o'qituvchining ruxsatisiz foydalanish taqiqlanadi.
8.3. Maktab hududida ruxsatsiz foto, audio yoki video tasvirga olish hamda ularni tarqatish taqiqlanadi.
9. Sog'liq, xavfsizlik va Maktab mulki
9.1. O'quvchilar xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari shart.
9.2. Tamaki mahsulotlari, alkogol, elektron sigaretalar, giyohvandlik vositalari, qurol yoki boshqa xavfli buyumlarni Maktab hududiga olib kirish qat'iyan taqiqlanadi.
9.3. O'quvchilar Maktab mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishlari shart.
9.4. Yetkazilgan zarar amaldagi qonunchilik hamda tuzilgan shartnomaga muvofiq qoplanishi mumkin.
10. Intizomiy choralar
10.1. Mazkur qoidalar buzilgan taqdirda Maktab quyidagi choralarni qo'llashi mumkin:
- og'zaki ogohlantirish;
- yozma ogohlantirish;
- ota-onani Maktabga chaqirish;
- ayrim tadbirlarda ishtirok etishni cheklash;
- vaqtincha chetlatish;
- ta'lim shartnomasini bekor qilish uchun asos bo'ladigan choralarni qo'llash.
11. O'qishdan vaqtincha chetlatish yoki chiqarish
11.1. Jiddiy yoki takroriy qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda Maktab amaldagi qonunchilik va Ta'lim xizmatlari ko'rsatish shartnomasiga muvofiq o'quvchini vaqtincha chetlatishi yoki o'qishdan chiqarishi mumkin.
12. Yakuniy qoidalar
12.1. Mazkur Ichki tartib-qoidalar Ta'lim xizmatlari ko'rsatish shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.
12.2. Ota-ona va o'quvchi ushbu qoidalar bilan tanishganligini, ularni tushunganligini hamda ularga rioya qilish majburiyatini olganligini tasdiqlaydi.
12.3. Mazkur qoidalarda nazarda tutilmagan masalalar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Ta'lim xizmatlari ko'rsatish shartnomasi hamda Maktabning boshqa ichki hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
